M a’ s u r a l a r


G`AVVOSDAYIN SHO`NG`IYMAN SENGA

          Tuyg`u…Uyquyingni buzib, jo`shqin hislar ila keldi yuragimga mehmon bo`lib. Hol-u ahvolimdan xabar olmay turib, qo`limga qalam tutib osmonga
Yorliq bittiradi. Uyqusiz qolgan tuyg`u — misralarda to`kilgan yomg`ir. Orzular uyg`ona boshladi. Tun allalaydi meni. Safarga keta turib, xayollar meni safiga qo`shadi. Qalbning eng serqatnov yo`lakchalari seni eltadi o`z yulduzingga. Men bugun mezbonman orzularimga.
           Orzuyim, ilhomim!…
Qadaming qutlug` bo`lsin. Qadrli mehmonimsan. Ko`zimdagi mavjli dengizsan. G`avvosday sho`ng`iymiz bir-birimizga. Senga istak degan koshona yasatdim. Butun borlig`im ummon, sho`ng`iyver unda…

ZULMAT OSTONASIDA

          Yiltillagan fonus bor edi. Na porlar va na so’nar edi. Uning nomi-Arosat. Yashadi shundayin zerikmasdan, nolirlasdan. Kun keldi, o’sha fonus porladi birdan. Ko’rinmas va ilohiy tuyg’u porlatdi uni. Endi tentirayapti atrofida parvonalar. Ko’ngil zanjirbandlikdan ozod qilindi. Keyin dil koshonasiga baxt tashrif ayladi. Hammayoqni gullarga burkadi, bahorni yetakladi. O’sha koshonani fonus ilohi yoritadi, parvonalardan qizg’onib. Shunday davom etdi… shodliklar… umidlar… ishonchlar… chambarchas bog’lanib ketdi. Shunday davom etaverardi. Go’zal edi o’sha koshonada ufurgan hayot. Shunday davom etardi…
          Ammo…
          Kun keldi… Fonus ilohi olisga ketdi, u esa porlashdan to’xtamadi, chunki shirin tuyg’u u bilan birga.

          Fonus ishonardi ilohi qaytishiga, kutardi intizor bo’lib.
          Kutayapti u!…
          lloh olislardan sado berdi-quvonchli sado, fonus xursand. Iloh olislardan sado berdi-shubhali sado bir kuni:
          «Kechir, seni ortiq yorita olmayman, kechir», — fonus hammasini eshitdi, tushundi, biimaganlikka oldi, yana takrorlandi o’sha sado. Ammo fonus e’tibor qilmadi, yo’qsa umid uxlab qoladi. U tinmasdi porlashdan, umid ila birgalikda kutayapti, iloh o’zgargan juda, fonus buni qilmadi qabul. Iioh albat qaytadi.
          Kun k e l d i …
          Umnid ham kuch bag’ishlashdan tinib qolmoqda, fonus Ilohisiz yakkalanib qoldi, aylandi shamchiroqqa, yog’duga, sarhadsiz nurga. U yolg’iz edi, tanho edi. Unga yolg’izlik mushkul dard edi. Nido sasiga dosh berolmasdi. Kundan-kun porlashdan tindi u. o’ksuk xayoli.
          Kun k e l d i …
          Go’zal koshonani baxt ham tark ayladi, U berkindi samoga, yulduzlar orasiga mitti yulduz bo’lib joy oldi ko’kdan. Uni ko’z ilg’ay olmasdi. U g’am1i edi, mungli edi, u dardli edi. U avval eng mahzun fonus edi, endi mitti yulduz u. Hammasiga uning ilohi sababchi. Lek ilohini ayblamadi u. Sabri sinmaydi. llohin kutadi shu holiga ham, yana fonus bo’lmoq istaydi, ilohi shu holida ham uni yulduzlar orasidan ilg’ab, uni avvalgi kabi yoritishiga ishonadi, uyqudagi umidini bog’laydi’ Lek iloh gunohkor, iloh aybdor, uni kechiradi fonus, uni kutadi.
          Uni kutayapti, u qaytadi.
          Aslida o’sha fonus yiltillagan holida ham bejirim edi. O’sha
bejirimlikniyam og’ irlab ketdi ilohi.
          Endi u tubsizlik sari cho’kib boryapti, eng mahzun yul-duzga aylandi-qoidi. Faqatgina tunda porlaydi. O’sha yulduz bir kuni «Zulmat» atalmish manzilga chipta oldi. Atnmo kutayapti ilohin, kutadi… Qaytadi u…
          Urnid bor. u umidvor. Bitta ishonch -iloh qaytadi…
          U zulmat ostonasida…


DIYDOR UCHUN MAKTUB

Ko’ksirnda muzlagan bir quchoq yax bor’. Slru yaxni bugun aylantirdim tandirdagi olovga. Sensizlik men uchun zulmat. Seni bir umrga kutaman, tunda tunning sochlarini o’raman, Seni deya… Kunduzi yulduzni axtaraman dardlashmoq istab, shunday o’tar sensiz kunlarim.
          Men sehrli, ojiza daraxtman!
          Sen esa arrasan-meni kesuvchi! Biroq, baribir Senga intizorman. Senga talpinar qalbim, oshiqar Sen tomon bu xayollarim. Ko’zlarimni yumsam rnarvaridlaringdan simiraman, ochsam bari zulmat qari tomon cho’kadi. Men juda chanqadirn. Sening diydoringni ho’plab ichsam bosilardi bu chanqog’im. Sen anhor, men esa soyman anhor bo’yida. Nazar tashlarmi kansan-a?
          Baribir soyga nazaring tushib, yonimga beto’siq kelishingdan umid bor… Biroq men borolmayman, tuyg’ularga chekinganman shu damda.
          Sen nimasan, kirnsan o’zi?
          Hayronman…


BARMOG’IM UCHIDA OSMON ESHIGI

          Men to’zonman!
          Shamol sochlarini to’zg’itaman bejo. Mening ko’ksim hat-to osmondan yiloq. Garchi xohlasam, butun yer qa’rini yelkam ko’taradi. Dardlar mening boshimni aylantirib, raqs tushib berishadi. Ammo yoqmaydi. Baxt, quvonch, kulgu meni belanchakda allalaydi. Agar istasam, dard raqqosalarini bir tola sochimga tobutda ko’tartiraman. Men muz bo’lsam quyosh eritolmaydi, olov bo’lsam to’zon ham so’ndirolmaydi. Manzilim osrnonning yettinchi qavatidanda yiroqda. Chirmoviqlar ko’p menga, ammo qandaydir chirrnoviq — to’siqlar bosayotgan yo’lirrga g’ov bo’la ohnaydi hech qachon. Mening barmog’im uchida osmon eshigi. Istasam osmon tomon tashrif etib butun dunyoga nur sochamnan. Men faqat umidli qalblarda qo’nim topaman. Umid mening egizim, quvonch esa yuragimga ishonchdir. Shodliklar mening bosgan izlarim, qayg’u, dardlar – dushmanlarim, tabassumlar mening soyalarimdir.
          Mening kimligirmi angladingizmi?…
          Men Siz yaqindan taniydigan BAXTman!


KO`NGIL YO`LAGIDAN YURIB BORAMAN

          Men bugun ko`p va olis, serto`siq va uzoq, sinovli va o`ychan yo`llardan o`tishimga to`g`ri keldi. Ko`p va olis yo`l bosdim, toldim, charchadim, yuragimga biroz shoshilmagin, sekinroq yur, yoki birato`la bu yo`lni to`xtatgin dedim, yuragim mag`rur, qaysar, o`jar, hech-kimga bosh ham bo`yin ham egamaydi, juda asov.
          Tolsa ham, qiynalsa ham, yiqilsa ham, charchasa ham yo`lda davom ertaveradi, aslo tinim bilmaydi.
          Nega? Bilmadim, tushunmadim.
          Hadyalar ko`p hayot yo`llarida, halokatlar ko’p uzundan -uzoq umr yo`lida. Omadni ham uchratdi, u bilan do`st tutundi. Biroq omad ham goh pinhon aylayveradi, vafosiz do`st ekan, yuz o`giradi, yana qaytadi, biroq u yaxshi yo`ldosh. U ko`mak beradi to`siqlardan o`tishga.

     Soniyalar, daqiqalar, soatlar, kunlar, oylar, yillar…
     O`tmoqda safma-saf, birin-ketin. Ayamas ekan…
     Yo`llar uzun va olis…
     Davom etmoqda to`xtamasdan, yengilmasdan      bu yuragim.

          Ammo xo`rsinib qoldi birdan, uni dard soyalari suquvga oldi, g`unchalarni esa izg`irin urdi.
          Qalbirn biroz ojiz, unga mahzunlik yo`ldosh tutundi, lekin o`sha mahzunlik ham quvonchga belanib, sevinchga aylanish niyatida, qiyofasin o`zgartirmoqchi. Bunga yuragim yordam bermoqchi, ular reja tuzishdi, sirli reja!
          Ular darddan berkinib kichik va sirli yo`lakchadan yo`lini davom ettirish payiga tushishdi. Men ham pinhonman.
          Ko`ngil!
          Sening yo`lagingdan ketaveraman!