рубрика Без рубрики

QACHON

QACHON? «O`zim-o`zimligimcha qolganim yaxshi, o`zimlagimcha…» Hayot- Qachon mendan baxt o`rganasan? Nega azob berib qiynayverasan. Alamlaring bilan tilarsan bag`rim, Azob sahnasida sinayverasan. Qancha umr ko`rdim, shunga yarasha, Qancha sinov yana shay turar menga. Bardoshim qolmadi to`ydim kurasha, Jonimni ol hayot, jon beray senga. Sabr ato etding, sabrimni olding, Toqatim sinading, irodam poymon. Nega yosh umrimga musibat […]

ORZU DARAXTIM

ORZU DARAXTIM «Umrimni orzularga burkadim,gulladi orzu daraxtim, o`zgacha tuyg`ular hukmron unga» Men bugun o`zgacha hisga tutqunman, Bo`ysunmas yuragim,bo`ysunmas aql. Nidoga o`xshagan ezgu bir unman, So`nmas orzularni o`rtaydi ko`ngil. Men bugun o`qilgan bejon afsunman, Yomg`irlardan qochib do`lga tutilgan. Qalbim sahrosida misli Jununman, Hislari vayrona poymon etilgan. Qochib ketgim kelar bugun o`zimdan, O`zimdan o`zimga tilangan baxtim. Yosh […]

NIHOYA

Nihoyam qaylarda tugaydi bilmadim, bu menga ham, boshqasiga ham qorong`u, faqatgina yolg`iz Ollohga ayon.” Kechagi kun,bugungi kunim, Ertangi kun,keyingi kunim. O`taverar daryoday umrim, Orzularim yelar betinim. Xotiralar jam bo`lib birdam, Xarxashalar boshlanar shu on. Gohi so`nib, gohi unaman, Ishonchimga shundayin farmon: “Yuragimda yashagin mangu, Ezgulikka o`zing qodirsan. To`siqlarga bosh egma aslo, Sen mag`rursan,o`zing botirsan.” Yuragimga […]

BAXT BEKATIDAMAN

BAXT BEKATIDAMAN “Tanish tuyg`u, tanish orzu, tanish hislar o`ylarimda jam. Barg bo`lib parvozdaman. Hammasi tanish, ammo men negadir notanish, bu qaysi bekat, angladim men baxt bekatiga yetib kelibman, baxt bekatidaman.” Beparvo qarashlaring, Xanjar urar dilimga. Holimni so`rashlaring, Rang berdi qalb gulimga. Ko`nglimdagi jannatga, Malak bo`lganlar kabi. O`rin qolmas kulfatga, Ishqning oliy nasabi. Poyoni yo`q orzular, […]

M a’ s u r a l a r

G`AVVOSDAYIN SHO`NG`IYMAN SENGA           Tuyg`u…Uyquyingni buzib, jo`shqin hislar ila keldi yuragimga mehmon bo`lib. Hol-u ahvolimdan xabar olmay turib, qo`limga qalam tutib osmonga Yorliq bittiradi. Uyqusiz qolgan tuyg`u — misralarda to`kilgan yomg`ir. Orzular uyg`ona boshladi. Tun allalaydi meni. Safarga keta turib, xayollar meni safiga qo`shadi. Qalbning eng serqatnov yo`lakchalari seni eltadi o`z yulduzingga. Men bugun mezbonman […]