NIHOYA

Nihoyam qaylarda tugaydi bilmadim,
bu menga ham, boshqasiga ham qorong`u,
faqatgina yolg`iz Ollohga ayon.”

Kechagi kun,bugungi kunim,
Ertangi kun,keyingi kunim.
O`taverar daryoday umrim,
Orzularim yelar betinim.

Xotiralar jam bo`lib birdam,
Xarxashalar boshlanar shu on.
Gohi so`nib, gohi unaman,
Ishonchimga shundayin farmon:

“Yuragimda yashagin mangu,
Ezgulikka o`zing qodirsan.
To`siqlarga bosh egma aslo,
Sen mag`rursan,o`zing botirsan.”

Yuragimga tobe yashayman,
Nafasimga javobgar mening.
Aqlim menga xo`jayin doim.
Tuyg`ularim boshqarar meni.

Muallaqdir hayotiy umrim,
Yerda qo`nim topolmas nechun?
Hech bo`lmasa o`ylarimda men,
Osmonlarga yetolmam nechun?

Musofirman safarga chiqqan,
Manzilini yo`qotib qo`ygan.
Qayerlarda mening nihoyam?
Ko`nglim tomon tilaklar o`ygan.

Bilmam qayerlarda nihoyam!