BAXT BEKATIDAMAN


BAXT BEKATIDAMAN


    “Tanish tuyg`u, tanish orzu,
    tanish hislar o`ylarimda jam.
    Barg bo`lib parvozdaman.
    Hammasi tanish,
    ammo men negadir notanish,
    bu qaysi bekat, angladim men
    baxt bekatiga yetib kelibman,
    baxt bekatidaman.”


    Beparvo qarashlaring,
    Xanjar urar dilimga.
    Holimni so`rashlaring,
    Rang berdi qalb gulimga.

    Ko`nglimdagi jannatga,
    Malak bo`lganlar kabi.
    O`rin qolmas kulfatga,
    Ishqning oliy nasabi.

    Poyoni yo`q orzular,
    Umidimning qo`llari.
    Hijron degan og`ular,
    Tutashmasin yo`llari.

    Satrlarim karvoni,
    Parirang tuyg`ularda.
    Qolmas yurak azobi,
    Baxt bo`lay qayg`ularda.